Akuninning "Olmos arava" romanida Rossiya imperiyasining Yokogamadagi konsuli Vsevolod Doronin Fandorinni oʻz kotibi bilan tanishtiradi. "Tanishing, — deydi Doronin. — Sirota. Sakkiz yildan beri huzurimda xizmat qiladi. Tarjimon, kotib va bebaho yordamchi. Shunday desa ham boʻladi, mening farishtam va mirzam. Marhamat, tanishib qoʻyinglar". Fandorinning kotibning ismi baribir nima degan savoliga konsul qah-qah otib kulib yuboradi. Agar siz konsulning toʻsatdan kulib yuborgani sababini tushungan boʻlsangiz, yapon tilida "Oq dala" qanday boʻlishini ayting.