"Simli qush xronikalari" romani muallifi oʻzining boshqa kitobida yozishicha, XIX asr oʻrtalariga qadar yaponlar ular haqida xuddi Gerbert Uells marsliklar haqida bilgandek tasavvurga ega boʻlishgan, garchi ularning mavjudligini munajjimlar bashoratidan bilishsa ham. Ular Yaponiyaga avval Xitoydan, keyin Amerikadan olib kelingan va hozirda Xokkaydo orolida eng koʻp tarqalgan. Bir paytlar esa butunlay boshqa orolda kimdir ulardan ustalik bilan foydalanib, dahshatli qismatdan qutulib qolgan. Bu insonning ismini ayting.