Bir vaqtlar AQSH armiyasida aloqachi sifatida navaxo indeyslaridan foydalanilgan. Ular oʻz ona tillarida gaplashishgan va dushman xabarni qoʻlga kiritgan taqdirda ham hech narsani tushunmagan. Navaxo tilida samolyot "ne-axs-ya", yaʼni "boyoʻgʻli", suvosti kemasi esa "besh-lo", soʻzma-soʻz — "temir baliq" deb atalgan. Navaxo aloqachilari kimni "posa-tai-vo", yaʼni "aqldan ozgan oq odam" deb atashgan?