gotquestions.online

Blits. Ikkinchi jahon urushi paytida AQSH armiyasida aloqa uchun navaxo indeyslaridan foydalanilgan, ular oʻzaro radioda begonalarga tushunarsiz boʻlgan ona tillarida gaplashishgan. Navaxo tilida koʻplab muhim soʻzlar boʻlmagani uchun ularga oʻrinbosar oʻylab topishga toʻgʻri kelgan. Masalan, suvosti kemasi "besh-lo" — "temir baliq", qiruvchi samolyot — "da-xe-ti-xi" — "momaqaldiroq qushi", bosh qoʻmondon — "bik-ke-xe" — "harbiy yoʻlboshchi" va hokazo deb atalgan. 1. "Besh-be-cha-xe" — "temir qalpoq" iborasi nimani anglatishini ayting. 2. "Ne-xe-mak" — "bizning onamiz" iborasi nimani anglatishini ayting. 3. "Bex-na-ali-tsosi" — "qisiq koʻzlar" iborasi nimani anglatishini ayting.

Manba