Savol matnida BU ISHNI soʻzlari bilan bir soʻz almashtirilgan. Himoyachi Sesar Gomes murabbiydan Ronaldoni yopish topshirigʻini oladi. Sesar Ronaldoga qarshi kurashda ancha qiynaladi va "Mening ishim 2 ta boʻlgan, birinchisi Ronaldoni ortidan tinmasdan yugurish, ikkinchisi BU ISHNI qilish",-degan. 2006-yilgi asar nomida ham BU ISHNI qilish ikkinchi boʻlib kelgan. Ushbu asar muallifini ayting.