Savol matnidagi BU ISH — bir necha soʻz oʻrnida keladi. Omar Momani karikaturasida oʻz vatandoshlari kabi mashhur boʻlishni istagan Neymarning BU ISHNI QILGANINI koʻrish mumkin. 2015-yilda nashr qilingan romanning oʻzbekcha tarjima nomiga nisbatan BU ISH qilinsa asar nomida ikkita bir xil soʻz paydo boʻladi. Savol: Shu asar muallifini toping