Duplet. 1. Diqqat, savolda “BU ishni qilmoq” soʻzalari boshqa ikki soʻzlarni almashtirib keladi. Gʻarbda bokserlarga ularning uslublari va harakterlaridan kelib chiqib turli laqablar qoʻyiladi. Raqiblarini bir zarbada nokautga joʻnatuvchi Jeyms Toniga murabbiyi tomonidan berilgan laqab “BU ISHNI QILING” edi. Sports.ru saytida Jeyms Toniga bagʻishlangan maqola sarlavhasini Sobiq Ittifoq davrida ishxonalardagi plakatlarda koʻrish mumkin edi. Diqqat savol: BU ishni qilish oʻrnidagi ikki soʻzni toping. || Diqqat, savolda “SHU ishni qilish” soʻzalari boshqa ikki soʻzni almashtirib keladi. Bugungi kunda futbolda kam uchraydigan erkin markaziy himoyachilar yaʼni Liberolarning asosiy vazifasi – himoyadagi xatolarni tozalash va jamoa oʻyinini tartibga solish boʻlgan. Chezare Maldini taʼbiriga koʻra, Liberolar “soʻnggi boʻlib SHU ISHNI QILISHADI”. Aytish mumkinki, klubimizda soʻnggi boʻlib SHU ISHNI koʻpincha “Shaxsiy oʻyin” ishtirokchilari qilishadi. Diqqat savol: SHU ishni qilish oʻrnidagi ikki soʻzni toping.