Savolda BU ISHNI QILISH soʻzlari boshqa soʻzlarni almashtirgan. Tarqatmada 2002 yil 18 mayda tugʻilgan, hozirda «Fluminense» klubida 23-raqamda oʻynaydigan braziliyalik futbolchini koʻrib turibsiz. Uning toʻliq adashi 1963 yil 22 noyabrda BU ISHNI QILGAN. Sherali Joʻrayevning qoʻshigʻi qahramoni esa oshigʻi yoʻlida bir yoʻla BU ISHNI QILGANini taʼkidlaydi. Ushbu tarqatma orqali biz ham sizga qaysidir maʼnoda BU ISHNI QILDIK. Savol. BU ISHNI QILISH soʻzlari bilan almashgan soʻzlarni yozib bering.