Taxminan ikki yil avval Belorussiyada quyidagi voqea yuz berdi. Teatrlarning birida asr boshidagi dehqonlarning og‘ir hayoti haqidagi pyesa qo‘yilayotgan edi. Ikkinchi parda boshida sahnaga yosh aktyor yugurib chiqdi va ssenariyga to‘liq mos ravishda ikki so‘zdan iborat o‘z replikasini aytdi. Bu jumladan bilvosita uning uyida endi arqon haqida gapirmaslik kerakligi kelib chiqardi. Zal darhol qarsaklar bilan to‘ldi va bu olqishlarga ulanib ketdi. Tomoshabinlarning aksariyati uning so‘zlarini tik turib kutib olishdi. Ushbu so‘zlarni mutlaqo aniq takrorlang.