B. Akuninning "Olmos arava" romani qahramoni — Yaponiyada kun kechirayotgan sobiq dengizchi Blagolepov — oʻzining gʻaribona uyining ichki qismini xuddi kubrikdagidek toʻliq taxtalar bilan qoplagan. Umidsizlikka tushgan lahzada u shunday deydi: "Ism — bandaning taqdiri, undan qochib qutulib boʻlmaydi. Qanday nomlashsa — butun umr shunday yashaysan. Men harakat qilmadimmi? Seminariyadan dengizga qochib ketdim, qaysi dengizlarda suzmadim, lekin baribir ... yashayapman". Biz sizdan Blagolepovning soʻzlarini tugatishni soʻramaymiz — uning ismini yozing.