Oʻn bir yoshli Vladimir Nabokov ota-onasi bilan Berlinda edi. Uning xotiralaridan iqtibos: "Tasodifan qandaydir nemis gazetasini varaqlayotib, otam fojiali xabarni koʻrib qoldi va bu haqda onamga hayrat bilan maʼlum qildi. "Nimalar deyapsiz", — dedi onam tushkun va past ovozda qoʻllarini qovushtirib, soʻngra goʻyo bu qandaydir apokaliptik ofatlar darakchisidek "Uyga qaytish vaqti keldi" deb qoʻshib qoʻydi". Nabokovning ota-onasi nimadan xabar topishgan edi?