Bir maktab oʻquvchisi dastur boʻyicha oʻqilishi kerak boʻlgan kitoblarni oʻqishni xohlamay, Internetda bir romanning mazmunini aytib berishlarini soʻradi. Biroq, kitob nomida u xatoga yoʻl qoʻydi — boʻsh joyni (probel) notoʻgʻri qoʻydi. Bundan foydalangan Internet foydalanuvchilari dangasa oʻquvchini laqillata boshlashdi. Jumladan, unga roman nomi ingliz tilidan "Issiq eshak" deb tarjima qilinishini aytishdi. Ayting-chi, bola qaysi kitobning mazmunini bilmoqchi boʻlgan?