Savolni boʻgʻma ilon Kaa beradi. "Olmos arava" asarida yapon xizmatkor tayoqchalar bilan ovqatlanishni tezda oʻrganib olgan rus xoʻjayini haqida fikr yuritadi. Uning fikricha, xoʻjayinning barmoqlari chaqqonligi yevropaliklarning (uchta soʻz tushirib qoldirilgan), buni oʻzlari ham tan olishlari va bundan aslo uyalmasliklaridan dalolat beradi. Tushirib qoldirilgan uchta soʻzni tiklang, ulardan biri — koʻmakchi.