1997-yil dekabr oyida Braziliya va Norvegiya fuqarosi bo'lgan ikki kishi televizorda Fransiyadagi JCH-98 qur'a tashlash marosimini tomosha qilishdi. Ular Braziliya va Norvegiya 23-iyun kuni Marseldagi "Velodrom" stadionida o'ynashini bilib olishdi. Bu ikki tomoshabinning kallasiga bir g'oya keldi va uni amalga oshirish uchun FIFAning maxsus ruxsati talab qilindi. Braziliya — Norvegiya o'yini 1:2 hisobida Norvegiya foydasiga yakunlandi, ammo o'sha kuni ularning hech biri xafa bo'lmadi. Ular nima qilishgan edi?