1946-yil iyul oyida FIFAning urushdan keyingi birinchi kongressida navbatdagi futbol bo'yicha jahon chempionatini o'tkazishni kimga ishonish haqida qizg'in bahslar ketayotgan edi. Ovoz berish natijasi Braziliya delegatsiyasi rahbari doktor Machadoning bayonoti bilan hal bo'ldi, u Ostap Bender kabi qo'lini yuqoriga ko'tarib, sehrli so'zni aytdi: "Ikki yuz!". Ammo, agar Buyuk kombinator pul haqida gapirgan bo'lsa, doktor Machado nima haqida gapirgan edi?
Agar Braziliyaga chempionatni o'tkazish ishonib topshirilsa, tashkilotchilar qurishga va'da bergan 200 ming tomoshabinga mo'ljallangan stadion haqida.