Bir safar Buenos-Ayresda oilali va bo'ydoq futbolchilar o'rtasida oilaviy hayot o'yinga qanday ta'sir qilishini aniqlash maqsadida futbol uchrashuvi bo'lib o'tdi. Afsuski, o'yin oxirigacha yetmadi: hakam oilali o'yinchilar darvozasiga penalti belgilash baxtsizligiga duch keldi. Keyin nima sodir bo'ldi?
Maydonga g'azablangan xotinlar yugurib chiqib, shunday janjal ko'tarishdiki, o'yin to'xtab qoldi.