2002-yilgi futbol boʻyicha jahon chempionatining birinchi oʻyinini jonli efirda koʻrmagan savol muallifi, ushbu oʻyinni tomosha qilgan tanishining uyiga bordi. Intriga yoʻqolmasligi uchun muallif doʻstidan suhbat davomida oʻyinning yakuniy hisobini aytmaslik haqida vaʼda oldi. Shunga qaramay, suhbat baribir oʻyinga borib taqaldi. Suhbat davomida doʻsti bergan vaʼdasini toʻgʻridan-toʻgʻri buzmagan holda, yakuniy hisobni baribir bildirib qoʻydi. Muallifning oʻyinga oid savoli ikki soʻzdan, doʻstining javobi esa bir soʻzdan iborat edi. Doʻstining javobini qaytaring.