Fazil Iskandarning hikoyalaridan biridagi voqealar 1930-yillarda Abxaziya qishlog‘ida bo‘lib o‘tadi. Qishloq aholisi bir hamqishlog‘ini axloqsiz xatti-harakatda ayblashadi, lekin uning aybini isbotlay olishmaydi. Ulardan biri shahardan «kartochik»ni (kartochka bilan ishlovchini) chaqirishni taklif qiladi. Biz ushbu «kartochik»ni qaysi so‘z bilan ataymiz?