Baʼzi mamlakatlarda yashirin inqilobiy kuchlar ulardan asosiy maqsadidan tashqari, oʻz tashviqot shiorlarini tarqatish vositasi sifatida ham foydalanganlar. Masalan, Germaniyada 1917-1922-yillarda ularda: "Askarlar, qochinglar!" yoki "Sotsializm kelmoqda — u ostonada!" degan shiorlarni oʻqish mumkin edi. Chilida esa Xalq frontining: "Chililiklar, uygʻoning!" yoki "Mamlakatimiz Kubaga oʻxshab qoladi!" kabi shiorlari uchrar edi. Ushbu inqilobiy shiorlar nimalarning ustiga yozilgan edi?