Oʻttizinchi yillarda Germaniyada koʻp odam yigʻiladigan mitinglar oʻtkazilardi. Reyxskanselyariya derazalari tagida fyurerning balkonda paydo boʻlishini moʻjizadek kutayotgan va unga hammaga maʼlum salomni hayqirib aytayotgan Berlin aholisi tarqalmas edi. Toʻgʻri, olomon orasida shovqin-suron ostida fyurerning salomini biroz oʻzgartirib, spirtli ichimlikni madh etuvchi jasur kimsalar ham topilardi. Lekin bular yakka qahramonlar edi. Ayting-chi, ular nima deb baqirishgan?