Aytgancha, ikki kishi haqida. Bu voqea aslida savol muallifi bilan sodir boʻlmagan, lekin sodir boʻlishi mumkin edi. "Ertalab kiyinayotib, Y ni kiyish mumkin, lekin X larni [oʻquvchiga: "ikslarni"] kiymagan maʼqul deb oʻyladim. Eshikdan chiqib, ishga Y da emas, X da borgan maʼqul degan qarorga keldim. Yoʻlda dam olish kunlari X oʻynagan yaxshimi yoki Y mi deb oʻyladim. Kechqurun bir kitobda Y Venetsiyada tugʻilganini oʻqidim". X va Y ni toʻgʻri tartibda ayting.