Diqqat, savolda almashtirish bor. A.S. Pushkin oʻz qahramonlaridan birini poytaxtlik IKS bilan solishtirgan. Olga Vaynshteynning kitobiga koʻra, IKS eskirgan koʻrinishdagi kiyimlarni kiyishni afzal koʻradi, buning uchun u kiyimni qum bilan ishqalaydi yoki xizmatkoriga kiyib yurish uchun beradi. Janob IKS kiyim bilan bogʻliq tushunmovchilik tufayli ikki vatandoshimiz bilan jang qildi va magʻlub boʻldi. Toʻqsoninchi yillarda dunyoga kelgan IKS esa tinchliksevarroq edi va futbolka, jinsi hamda beysbolkani afzal koʻrardi. Biz qaysi soʻzni "IKS" bilan almashtirdik?