Taniqli jurnalist Aleksandr Genis ular haqida shunday yozadi: "Birinchisi fohishaga, ikkinchisi geyshaga o'xshaydi. Birinchisi ommaviy, ikkinchisi ekzotik va uchrashuv vaqti hamda joyini belgilash uchun yetarlicha qimmat. Birinchisi boshqa ishlarga hamrohlik qiladi, ikkinchisi esa ularni istisno etadi". Shuni qo'shimcha qilamizki, katta ehtimol bilan o'yinchilarning yonida birinchisi topiladi, lekin ikkinchisi topilishi dargumon. Har ikkisini to'g'ri tartibda ayting.