XX asr boshlarida Londonda ogʻirligi 44 karat boʻlgan yirik brilliant sotuvga qoʻyildi. Bu brilliant yomon nom qozongan edi: bunga qadar uning oʻndan ortiq egalari qotillik, zaharlanish, oʻgʻirlik, bankrotlik va baxtsiz hodisalar qurboni boʻlishgan edi. Brilliantni bu gap-soʻzlarga ishonmagan yosh er-xotin sotib oldi. Sotib olishdi-yu, asal oyiga joʻnab ketishdi. Qayerga?