Bir safar, XIX asr oxirida ingliz gazetalaridan birida shunday e'lon berildi: "2 million funt boylikka ega, yaxshi oiladan bo'lgan 20 yoshli qiz turmush qurish maqsadida normal yigit bilan tanishishni xohlaydi". Ikki uddaburon ingliz tomonidan berilgan ushbu e'longa dunyoning turli burchaklaridan 30 mingga yaqin kuyov javob berdi. Nikoh e'lonini berganlarning ko'zlagan maqsadini ayting.