2006-yilda 99 yoshida vafot etgan Lillian Esplundga tegishli boʻlgan ushbu chipta 2008-yil bahorida Angliya auksionlaridan birida sotildi. Albatta, u uchun 33 ming funt sterling toʻlagan AQSHlik nomaʼlum kolleksioner chiptadan oʻz maqsadida foydalana olmaydi. Lekin uni boshqa bir nodir ashyolar ishqiboziga qayta sotishi mumkin. Deyarli yuz yil oldin ushbu chipta qaysi transport vositasiga chiqish huquqini bergan?