"XVII va XVIII asrlarda Injilni chop etganlar tez-tez xatolarga yoʻl qoʻyishgan", — deyiladi "Baybl Rivyu" jurnalida. Masalan, 1631-yilda "Barker end Lukas" nashriyoti "Zinokorlar Injili" deb atalgan kitobda tushirib qoldirilgan birgina soʻz uchun 300 funt jarima toʻlashga majbur boʻlgan. Ular chop etgan Injilda "Zino qil" deb yozilgan edi. 1716-yilda "Gunohkorlar Injili" chiqdi. Unda Iso Masih shifo topgan kishiga: "Boshqa gunoh qilma" deb murojaat qilgan joyda "Koʻproq gunoh qil" deb yozilgan edi. Nihoyat, qirol Karl I davrida "Tentaklar Injili" chiqdi. 13-sano (psalom)da noshirlar xatoga yoʻl qoʻyishdi va birinchi bayt quyidagi koʻrinishga keldi: "Tentak oʻz koʻnglida dedi: "Xudo bor!". Ushbu xatoni toping.
"Xudo yoʻq" soʻzlari oʻrniga "Xudo bor" deb yozishgan.