XVII asr o'rtalari, Gollandiya, birja bitimlaridan biri. Ikki arava bug'doy, to'rt arava pichan, to'rtta boqilgan ot, shuncha boqilgan cho'chqa, o'n ikkita katta qo'y, to'rt bochka pivo, ikki bochka sariyog', yarim tonna pishloq, karavot, bir dasta kiyim va umumiy qiymati 2500 gulden bo'lgan kumush qadah — tarozi pallasining bir tomonida. Ikkinchi tomonida esa — atigi bitta narsa. Aynan nima?