1637-yilning boshida ULARDAN biri 2500 oltinga sotilgan. Zamondoshlarining hisob-kitoblariga koʻra, u paytda bu pulga 27 tonna bugʻdoy, 50 tonna guruch, 4 ta semiz hoʻkiz, 8 ta semiz choʻchqa, 12 ta semiz qoʻy, 2 bochka vino, 4 bochka pivo, 2 tonna sariyogʻ, 3 tonna pishloq, koʻrpacha-yostiqli karavot, bir shkaf kiyim va qoʻshimchasiga kumush qadah sotib olish mumkin edi. Ishonish qiyin, lekin oʻsha paytda ULARNING baʼzilari yanada qimmatroq turgan. Biroq tez orada ULARNING narxi keskin tushib ketdi. ULARNI ayting.