gotquestions.online

Qadimgi Rimda tilga olingan oʻyinga oʻxshash oʻyin "sferomaxiya" deb atalgan. XVI asr ingliz yozuvchisi bu oʻyin haqida shunday degan: "Undan hasad, gʻazab, yashirin dushmanlik, nafrat, xafagarchilik, norozilik va boshqa barcha yomonliklar kelib chiqadi. U oʻzi bilan janjal, shovqin va nizolarni olib keladi". Angliyada boʻlgan bir fransuz sayyohi esa kinoya bilan: "Agar inglizlar buni oʻyin deb atasalar, unda ular urushni nima deb atashlarini bilmoqchi edim?!" — deb yozgan. Angliya qiroli Eduard II ning farmoni bilan bu oʻyinni oʻynash qamoq jazosi tahdidi ostida taqiqlangan edi. Biroq XIX asrning ikkinchi yarmidan boshlab u rasmiy tan olindi va butun dunyoga tarqaldi. Bu qanday oʻyin?

Manba