Anglikan ruhoniysi Filipp Stabbs XVI asrda ushbu oʻyin haqida shunday yozgan edi: "ancha aybli oʻyin va menimcha, boshqa har qanday oʻyindan koʻra qoʻpolroq, noloyiqroq va yomonroq". Bugungi kunda qitʼalarni zabt etgan ushbu oʻyinning millionlab muxlislari Stabbsning ustidan kulishgan boʻlardi. Xoʻsh, gap qaysi oʻyin haqida ketmoqda?