Jamoalar kepak bilan to‘ldirilgan, tepish, oyoq bilan olib yurish va qo‘lda ko‘tarish mumkin bo‘lgan to‘pni quvishardi. To‘pni maydon chegarasining ma’lum bir chizig‘idan o‘tkazish talab etilardi. Qoidalar deyarli yo‘q edi va musobaqalar qonli mushtlashuvga aylanib ketardi. Qurbonlar shunchalik ko‘p ediki, qirol Eduard II 1314-yilda bu o‘yinni taqiqlab qo‘ydi. Agar xitoyliklar miloddan avvalgi 3-4 asrlarda shunga o‘xshash o‘yinni "tsu-tsu" deb atashgan bo‘lsa, bu o‘yin qanday nomlangan?