Hamma Shveytsariya soatlari, Shveytsariya pishlogʻi va Shveytsariya banklarini biladi. Ammo oʻrta asrlarda, pishloq bilan faqat qoʻshnilar savdo qilgan, qoʻl soatlari va banklar hali oʻylab topilmagan paytda, koʻplab Yevropa davlatlari Shveytsariyaning BU narsasini bajonidil sotib olishgan. BU narsa bilan savdo qilish XVI asr boshlarida oʻz choʻqqisiga chiqdi, keyinchalik BU narsani sotib olish uchun sabablar yetarli boʻlsa-da, asta-sekin kamayib bordi. Biz sizdan BU narsani nomlashni soʻramaymiz, — hozirgi kunga qadar BU narsadan foydalanadigan davlatni ayting.
Vatikan. U yerda hali ham Rim papasini Shveytsariya gvardiyachilari qoʻriqlaydi.