Fransiyada gugenotlar taʼqib qilina boshlagach, ularning bir qismi USHBU davlatga koʻchib oʻta boshladi. Qochqinlar orasida zargarlar koʻp edi. U paytda USHBU davlatda tartib-qoidalar juda qattiq boʻlib, hashamat qoralangani va qimmatbaho taqinchoqlar taqish taqiqlangani sababli zargarlarga qiyin boʻlgan. Shuning uchun zargarlar zirak, uzuk va bilakuzuklar yasashni toʻxtatdilar. Ular yasashga oʻtgan buyum keyinchalik butun dunyoga mashhur boʻldi. Gugenot-zargarlar QAYSI davlatga koʻchib oʻtganini topgan holda, ushbu mahsulotni ikki soʻz bilan ayting.