BU narsa insonga juda qadim zamonlardan maʼlum. Arxeologlarning fikricha, BU narsadan tosh davrida ham foydalanilgan, qadimgi Gretsiya, Rim, Xitoy va boshqa koʻplab mamlakatlarda foydalanilganiga esa shubha yoʻq. BU narsadan hozir ham foydalaniladi, uning qoʻllanish sohasi ayollar taqinchoqlaridan tortib asbob-uskunalargacha juda keng. Asr boshida BU narsaning bozoridagi holat quyidagicha edi: uning 9/10 qismidan koʻprogʻini atigi ikkita mintaqa — Afrika va Hindiston, qolgan qismini esa, gʻalati boʻlsa-da, Rossiya yetkazib bergan. BU narsani ayting.