Bir vaqtlar Angliyada ushbu oʻyinni oʻynaydiganlar past darajali sportchilar hisoblangan. Ularga sport klubining asosiy kirish joyidan oʻtishga, boshqa sportchilar bilan qoʻl berib soʻrashishga ruxsat berilmagan. Hatto ovqatni ham faqat kiyim almashtirish xonasida yeyishgan. Bu holat oʻyin XV asrda paydo boʻlganidan to Birinchi jahon urushi boshlanguniga qadar davom etgan. Hozir esa bu oʻyin aristokratik hisoblanadi va yuqori tabaqa hayotining ajralmas qismidir. Bu qaysi oʻyin?