XIX asr boshlarida Yevropa davlatlaridan birida bir necha pyesalar yozgan va ularni "Klara Gasul teatri"ga birlashtirgan uddaburon, sho'x ispan aktrisasi Klara Gasul bo'lgan (yoki bo'lmagan); shu bilan birga, uning pyesalarini tarjima qilgan Jozef L'Estranj ismli ispan tili tarjimoni ham bo'lgan (yoki bo'lmagan). Ammo bu ikki ism ortida uchinchi bir ism siri yashiringan. Bu ism kimga tegishli?
Bu mistifikatsiyalar ishqibozi bo'lgan fransuz yozuvchisi Prosper Merimening ismi. U pyesalarni o'zi yozib, ular uchun muallif va tarjimon — Klara Gasul hamda L'Estranjni o'ylab topgan.