Yelizaveta Xitrovo salonida XIX asr boshlarining koʻplab mashhur adiblari boʻlishgan. Uy bekasi kech uygʻonardi va tanlangan mehmonlarni yotoqda yotgan holda qabul qilardi. Aytishlaricha, salomlashgandan soʻng mehmon tabiiyki oʻtirmoqchi boʻlgan, ammo Xitrovo uni toʻxtatgan: "Bu kresloga oʻtirmang — bu Pushkinning joyi! Yoʻq-yoʻq, bu divanga oʻtirmang — u Jukovskiyga band qilingan. Faqat bu stulga emas — bu yerda doim Gogol oʻtiradi!". Dovdirab qolgan mehmon atrofiga alanglay boshlaganda, Xitrovo odatda shunday qoʻshib qoʻygan: "Mening karavotimga oʻtiring — bu ... joyi". Kimning?