Mehmon har doim bir xil joyga, siyohdon yoniga oʻtirar va indamay turardi. Yozuv mashinkasining taqillashida uzoq tanaffuslar boʻlganda va yozuvchi sukunatda hali yozilmagan satrlar haqida oʻylaganda, mehmon oʻzining borligini eslatishga jurʼat etardi. Bu mehmon yozuvchinikiga tez-tez kechqurunlari kelib turardi. Ehtimol, shunday oqshomlarning birida: “Men bu xonada yuz yildan ortiq yashayman...” satrlari paydo boʻlgandir. Yozuvchi va uning mehmonini ayting.