"Kvant" jurnalida shunday matematik masala chop etilgan edi: Koʻzgular orti olamida koʻp boshli, koʻp qoʻlli va koʻp oyoqli mavjudotlar yashaydi. Bunda X-boshli, Y-qoʻlli va Z-oyoqli mavjudot, agar X soni Y va Z yigʻindisidan katta boʻlsa — aqlli, agar Y soni X va Z yigʻindisidan katta boʻlsa — kuchli, va agar Z soni X va Y yigʻindisidan katta boʻlsa — tezkor hisoblanadi. Aqlli, kuchli va tezkor mavjudot mavjud boʻlishi mumkin boʻlgan X, Y va Z qiymatlarini yozing.