gotquestions.online

Koʻzgu orti olamida mahluqlar yashaydi. Agar mahluqning boshlari soni uning qoʻllari va oyoqlari yigʻindisidan koʻp boʻlsa, u aqlli hisoblanadi. Agar qoʻllari soni boshlari va oyoqlari yigʻindisidan koʻp boʻlsa, u kuchli hisoblanadi. Agar oyoqlari soni boshlari va qoʻllari yigʻindisidan koʻp boʻlsa, u tezkor hisoblanadi. Agar mahluq bir vaqtning oʻzida aqlli, kuchli va tezkor boʻlsa, u garmonik rivojlangan hisoblanadi. Garmonik rivojlangan mahluqni tasavvur qilish qiyin, shunday boʻlsa-da ayting-chi, uning nechta boshi boʻlishi mumkin?

Manba