Koʻzgular orti mamlakatida maxluqlar yashaydi. Agar maxluqning boshlari soni uning qoʻllari va oyoqlari yigʻindisidan koʻp boʻlsa, u aqlli hisoblanadi. Agar qoʻllari soni boshlari va oyoqlari yigʻindisidan koʻp boʻlsa, u kuchli hisoblanadi. Agar oyoqlari soni boshlari va qoʻllari yigʻindisidan koʻp boʻlsa, u tezkor hisoblanadi. Agar maxluq bir vaqtning oʻzida aqlli, kuchli va tezkor boʻlsa, u garmonik rivojlangan hisoblanadi. Garmonik rivojlangan maxluqni tasavvur qilish qiyin, shunday boʻlsa-da ayting-chi, uning nechta boshi boʻlishi mumkin?
Har qanday manfiy son. (Nega boshlar soni manfiy boʻlishi mumkin emas? Axir u MAXLUQ-ku!)