Yakob Berseliusning Fridrix Vyollerga yozgan xatidan: "Senga X-ingni qaytarib yuboryapman, undan qoʻlimdan kelgancha soʻradim, lekin faqat mujmal javoblar oldim. 'Sen Titandmisan?' — deb soʻradim. U javob berdi: 'Vyoller senga aytdi-ku, men Titan emasman deb'. — 'Sen Tantalmisan?'. — 'Men u bilan qarindoshman', — deb javob berdi u. 'Unda nimasiz oʻzi?' — deb soʻradim. U: 'Menga ism berishmadi', deb javob berdi". X nihoyat ism olganida, u "ayollar" ismi boʻlib chiqdi. U qanday ism oldi?