Togʻay Murod "Yulduzlar mangu yonadi" asarida toʻylardagi ayollar davrasini tasvirlaydi. Tasavvur qiling, ayollar davrasi, oʻrtaga gulxan yoqilgan, ayollar doirani yelpib-yelpib, halqachalarini shildiratib-shildiratib chaladi, chanqovuz boʻzlaydi. Davrada ikkita goʻzal, eshilib-eshilib oʻynaydi, toʻlgʻanib-toʻlgʻanib oʻynaydi, bir-biriga hamohang boʻlib oʻynaydi. Ulardan biri boʻyi yetgan qiz. Savol: Ikkinchisini siz toping.