Ushbu yozuvchimizning xotiralarida shunday soʻzlar yozilgan: “Onamiz ogʻiroyoq boʻldi. Bir oqshom ogʻir oyogʻi bilan bir devor qoʻshnimiz TOGʻAMNIKIGA bordi. TOGʻAMIZNIKIDA onamizni toʻlgʻoq tutadi. Momochi izlab yugur-yugur boʻladi, chop-chop boʻladi. Ammo momochi topilmaydi. Onamiz yengil koʻz yoradi. Men ana shunday dunyoga kelganman”. Oyina.uz saytining ushbu yozuvchiga atab yozilgan maqolasi sarlavhasi nomi ULAR BU ISHNI QILADI. Savol: Ular bu ishni qiladi soʻzlari bilan almashgan uch soʻzni yozib bering.