Togʻay Murodning " Yulduzlar mangu yonadi" qissasida xalqimizning azaliy udumlaridan biri kurash haqida soʻz boradi. Adib polvonlar haqida gapirar ekan, ularga turli xil xususiyatlariga koʻra laqablar beradi: Gʻirrom polvon, lanj polvon va hokazo. Polvonlardan biriga Poʻstak polvon deb laqab beradi. Savol: Aytingchi, bunday laqab olishiga polvonning qanday xususiyati sabab boʻlgan?
Maʼlumki, poʻstakni qayoqqa otib yuborsa, yerga albatta teskarisi bilan tushadi. Bu polvon ham har doim yerga teskarisi - koʻkragi bilan tushadi va magʻlubiyatdan qutulib qoladi