zakovatklubi.uz

Taniqli shoir va adib asqad Muxtor ijodidan sheʼriy parcha: U – aql, u – talant, u – hukm, taqdir, Chulgʻaganda soʻl-u sogʻingni. Bogʻlaydi tilingni, qoʻl-oyogʻingni, Soʻz-u iymon nohaq, faqat u haqdir. Usiz kirolmaysan, yoʻllaring bekik Na ishxonang, na xilxonangga. Tugʻruqxonadan ham uni ushlab chiq, Yoʻqsa begonasan ota-onangga. Savol: Asqad Muxtor bu sheʼrida U deb kinoyali tarzda nimani nazarda tutganini unlilari birxil boʻlgan 1 soʻzda ayting

Manba