1. Shoir Asqad Muxtor «Tundaliklar» asarida OʻN TOʻRTni «sheʼriyatning olifta kamzuli» deb taʼriflagan. Savol: «OʻN TOʻRT» oʻrnidagi oʻzbekcha boʻlmagan bir soʻzni yozib bering. || Ushbu sheʼriy shaklni Nozim Hikmat taʼsirida Mirtemir oʻzbek adabiyotiga olib kirgan. Yuqoridagi gap ham ushbu shakldagi sheʼrga misol boʻlishi mumkin. Savol: Ushbu shaklni 5 harfli bir soʻzda yozib bering || Forschada — ozod,erkin maʼnolarini anglatuvchi bunday sheʼrning asosiy xususiyati unda vazn, band qurilishida ancha erkinlik, qadimiy qoidalardan chetga chiqish yuz beradi. Uning nomini eshitiboq mast boʻlib qolmadingiz degan umiddamiz. Savol: Ushbu sheʼriy tizimni unlilari bir xil boʻlgan bir soʻz bilan yozib bering