Savol matnida BU ISHNI QILISH soʻzlari boshqa ikki soʻzni almashtirib kelgan. BU ISHNI QILISH boʻyicha rekord hindistonlik Kalamandalam Xemalentega tegishli boʻlib, 123 soat 15 minutni tashkil qiladi. BU ISHNI QILISH boʻgʻinlarni yaxshi yogʻlaydi, tanadagi shakar darajasini nazorat qilishga yordam beradi. 1990-yil yaratilgan manba nomida BU ISH boʻrilar bilan sodir boʻlgan. Savol: Bu ish oʻrnidagi ikki soʻzni yozib bering.