Duplet. 2 ta savol, har birini oʻylash uchun 30 soniyadan vaqt beriladi. Javoblar bitta blankda boʻlishi kerak. 1) Aniqlashtirib aytilsa, BU ISHNI QILISH ning kunlik miqdori quyidagi omillarga bogʻliq: havo namligi, tana harorati, vazn, jismoniy faollik va hokazo. Yanada aniqroq bilish uchun, tana ogʻirligini 30 ga koʻpaytirish kerak. Diqqat savol: BU ISHNI QILISH nima ekanligini yozib bering? || 2) Jinoyat Kodeksining 205-moddasiga koʻra, maʼlum holatlarda SHU ISHNI QILISH bazaviy hisoblash miqdorining bir yuz ellik baravaridan uch yuz baravarigacha miqdorda jarima, yoki besh yilgacha muayyan huquqdan mahrum qilish, yoki uch yuz oltmish soatgacha majburiy jamoat ishlari, yoxud uch yilgacha axloq tuzatish ishlari, yoki bir yildan ikki yilgacha ozodlikni cheklash, yoki uch yilgacha ozodlikdan mahrum qilish bilan jazolanadi. Diqqat savol: SHU ISHNI QILISH nima ekanligini yozib bering